Русский

Taqqoslash

Savatcha

Sevimlilar

PROTOUCH — davlat va korporativ sektor uchun loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega kompaniya.

PROTOUCH — davlat va korporativ sektor uchun loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega kompaniya. Ko‘p yillar davomida davlat tashkilotlari va yirik buyurtmachilar bilan ishlaganmiz, shuning uchun sifat, muddat, hujjatlar va mas’uliyat talablarini yaxshi tushunamiz. 2026 yilda biz loyihani kengaytirib, PMarket B2B internet-do‘konini ishga tushirdik — biznes uchun elektronika va IT-yechimlarni xarid qilishni yanada oson, tez va qulay qilish uchun. Bizning maqsadimiz — sifatli va hamyonbop mahsulotlarga qulay kirish imkonini yaratish va eng yaxshi servisni taqdim etish.

Bizning yo‘nalishlarimiz

Yillar davomida biz yo‘nalishlarni kengaytirib, kuchli muhandis va mutaxassislar jamoasini shakllantirdik. Bugun biz vazifalarni kompleks tarzda hal qilamiz — uskunani tanlashdan tortib loyihalash, yetkazib berish, o‘rnatish, sozlash va qo‘llab-quvvatlashgacha. Asosiy yo‘nalishlarimiz: elektronika va IT-uskunalar, server va infratuzilma, tarmoq yechimlari, IP-telefoniyа, konferensiya va VKS tizimlari, digital signage va ekranlar, dasturiy ta’minot va litsenziyalar, interaktiv panellar va xonalarni jihozlash, shuningdek, aniq vazifalar uchun “noldan tayyor holatgacha” yechimlar.

Bizga ishonishadi

Wyndham Charvak, Hilton, CAEx Uzbekistan, UzExpo Center, NBU Bank, Kapital Bank, Orient Finans Bank, Ucell, Beeline Uzbekistan, IT Park, Turonbank, SQB, Xalq Bank va boshqa yirik tashkilotlar. O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar.

2019-yil

PROTOUCH kompaniyasiga asos solindi va ilk loyihalar boshlandi.

2020-yil

Birjalar orqali uskunalar yetkazib berish va tenderlarda ishtirok — logistika va jarayonlar yo‘lga qo‘yildi.

2021-yil

Kompaniyaning kengayishi va yangi hamkorlar — yo‘nalishlar va kompetensiyalar kuchaytirildi.

2022-yil

Hamfikrlar jamoasining o‘sishi — muhandislik va loyiha yadrosi shakllantirildi.

2023-yil

Ikkinchi yo‘nalish ishga tushirildi: ofis kreslolari va ish joylarini jihozlash.

2024-yil

Assortiment kengaytirildi — biznes uchun elektronika va IT-yechimlar ko‘paytirildi.

2025-yil

Yangi hamkorlar va ayrim brendlar bo‘yicha eksklyuziv distribyutsiya olindi.

2026-yil

Yangi g‘oya va PMarket B2B internet-do‘koni ishga tushirildi — kompaniyalar uchun qulay xaridlar, shaffof narxlar va tezkor servis.

Главная

Главная

Корзина

Корзина

Каталог

Каталог

Настройки

Настройки